Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyalik 2004 yilgi Olimpiada sovrindori 25 yilga qamaldi
Sportchining akasi Dryu Baggali esa 28 yilga qamalgan. Ular mamlakatga kokain olib kirishga uringanlikda ayblangan.
Afinada bo‘lib o‘tgan 2004 yilgi Olimpiadada ikkita kumush medalni qo‘lga kiritgan avstraliyalik baydarkachi Natan Baggali 2018 yilda mamlakatga 650 kilogramm giyohvandlik moddasini olib kirishga uringani uchun 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
7News telekanalining xabar berishicha, sportchining akasi Dryu Baggali 28 yilga qamalgan. U yana bir kishi bilan qayiqda kokain ortilgan kemadan giyohvandlik moddasini olgan. Ammo ularni Avstraliya harbiy-dengiz kuchlarining patrul kemasi ta'qib qilganidan so‘ng ular kokainli paketlarni suvga uloqtirgan. Paketlarda 650 kilogramm kokain bo‘lgan.
Tergov Natan Baggali ushbu jinoyatga sherik bo‘lgan deb topdi.
Avstraliyalik sportchi 2005 yilda doping qabul qilganligi aniqlanganidan so‘ng sportni tark etgandi. O‘shandan buyon u bir necha marta giyohvand moddalar bilan bog‘liq ishlarga aralashgan. Jumladan, 2009 yilda akasi bilan ekstazi ishlab chiqarish va sotishda ayblanib qamalgan. 2015 yilda ham giyohvand moddalar savdosida ayblangan.
Mavzuga oid
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi
22:36 / 24.04.2025