Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvador Julian Assanjni fuqarolikdan mahrum etdi
WikiLeaks tashkiloti asoschisi Julian Assanj Ekvador sudi qarori bilan 2021 yil 26 iyulda ushbu davlat fuqaroligidan mahrum etildi. Assanj Ekvador fuqaroligini 2018 yil yanvarda olgan edi.
Assanjning advokati Karlos Poveda sud qarorini shubha ostiga qo‘ygan va uning ustidan apellyatsiya berishini aytgan. Uning ta'kidlashicha, sud Assanjni fuqarolikdan mahrum etish uchun taqdim qilingan isbotlarni tegishlicha baholamay va tekshirib o‘tirmay, bor-yo‘g‘i 20 daqiqa ichida qaror chiqarib qo‘ygan. Bundan tashqari, hozirda Britaniyadagi turmada saqlanayotgan Assanj sud jarayonida qatnashish imkonidan mahrum etilgani sababli uning huquqlari buzilgan.
Ekvador tashqi ishlar vazirligi sud “ishni ko‘rib chiqishda mustaqil harakat qilgani va barcha tartib-qoidalarga amal qilganini” ta'kidlab o‘tgan.
Assanj 2019 yil aprelda Ekvador hukumati tomonidan siyosiy boshpanadan mahrum etilgandan keyin mamlakatning Londondagi elchixonasi binosida hibsga olingandi. U bu yerda Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinishi mumkinligi xavotiri ostida 2012 yildan beri yashirinib kelgan. Sobiq jurnalist hozirda Belmarsh turmasida saqlanmoqda.
Assanjga AQShda davlat departamentining o‘ta maxfiy hujjatlarini oshkor qilish ayblovi qo‘yilmoqda. 4 yanvar kuni Britaniya sudi uni AQShga bermaslikka qaror qilgan. Biroq London sudi iyulda Vashingtonga ushbu qaror bo‘yicha shikoyat berishga ruxsat bergan. Assanjga AQShda 175 yilgacha qamoq jazosi xavf solmoqda.
Mavzuga oid
13:35 / 14.04.2025
Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘alaba qozondi
21:10 / 29.03.2025
AQSh qo‘shinlari jinoiy to‘dalar tufayli Ekvadorga kiritilishi mumkin
21:29 / 01.10.2024
Julian Assanj: «Men jurnalistikada o‘zimni aybdor deb tan olishga majbur bo‘ldim»
00:06 / 26.09.2024