O‘zbekiston | 11:27 / 02.08.2021
14720
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidenti shu hafta Turkmanistonga boradi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining joriy haftadagi rejalari bo‘yicha ma'lumotlar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati (arxiv)

“Bu haftada bir qator tadbirlar kun tartibiga kiritilgan. Jumladan, Toshkent shahrida issiqlik ta'minoti tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha taqdimot hamda hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur'atlarini ta'minlash masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Juma kuni Prezidentimiz Turkmanistonning Avaza shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Uchrashuvda qator tadbirlar rejalashtirilgan”, dedi Sherzod Asadov brifing chog‘ida.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid