Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda robot-politsiyachi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi
«Promobot» barcha xodimlar, tashrif buyuruvchilar va jinoyatchilarni taniy oladi. U kontaksiz termometr bilan jihozlangan bo‘lib, erkin harakatlangan holda obektlarni qo‘riqlashi va odamlarning haroratini o‘lchashi mumkin.
Birlashgan Arab Amirliklarida robot-politsiyachi bir yil davomida sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda «MVD Media» xabar bermoqda.
«Robot xodimlarning ishini yengillashtirish va koronavirus pandemiyasi davrida odamlar o‘rtasidagi muloqotni kamaytirishga yordam beradi», — dedi Abu-Dabi politsiyasi ijrochi direktori Suhayl al-Hayli.
Permdagi «Promobot» kompaniyasi ishlab chiqargan robot Abu-Dabida o‘tgan yil iyunida ish boshlagandi. Al-Haylining so‘zlariga ko‘ra, u sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan hamda android tizimi takomillashtirilgan.
Robot sun'iy ong yordamida ingliz va arab tillarida so‘zlashadi.
«Promobot»ga qiyofadan tanish tizimi o‘rnatilgan. U barcha xodimlar, tashrif buyuruvchilar va jinoyatchilarni taniy oladi. Robot kontaksiz termometr bilan ham jihozlangan bo‘lib, erkin harakatlangan holda obektlarni qo‘riqlashi va odamlarning haroratini o‘lchashi mumkin.
Hozirda Dubay hamda Sharja va Ajman amirliklari politsiya bo‘limlarida robotlardan foydalanish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025