Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada 110 ming gektardan ortiq o‘rmon yonmoqda
Hozirga qadar yong‘inning 35 foizi o‘chirilgan. Kuchli shamol va hudud relefining murakkabligi olovni o‘chirishga xalaqit beryapti.
Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘ini 110 ming gektardan ortiq hududga tarqaldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Dixie deb nomlangan yong‘in 14 iyulda Byutt va Plyumas okruglarida boshlangan. Olov bir necha kun ichida 100 ming gektar maydonni qamrab olgan.
Hozirga qadar yong‘inning 35 foizi o‘chirilgan. Kuchli shamol va hudud relefining murakkabligi olovni o‘chirishga xalaqit beryapti. Sinoptiklarning taxminiga ko‘ra, jazirama va quruq havo yong‘in yanada kengroq hududga tarqalishiga olib keladi.
Ma'lumot berilishicha, yong‘in 67 ta uyni yo‘q qilgan.
Mavzuga oid
21:32 / 27.05.2025
Olimlar yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishidan ogohlantirdi
17:22 / 30.03.2025
Janubiy Koreya tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘inlarida gumonlanuvchi qo‘lga olindi
20:14 / 27.01.2025
Kaliforniyada AQSh tarkibidan ajralib chiqish tarafdorlari imzo to‘play boshladi
18:54 / 17.01.2025