Surxondaryoda bosqinchilik qilgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida bosqinchilik jinoyatini sodir etgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 25 iyul kuni soat 1:30 larda, Denov tumani Qizilgul mahallasida yashovchilar, K.Sherali va maktab o‘quvchisi, U.Javohir, Uzun tumanida yashovchilar, A.Islom, B.Jahongir va R.Ulug‘beklar I.Abdumalik boshqaruvidagi «Neksiya» mashinasi bilan Sho‘rchi tumani A.Navoiy mahallasi hududida bosqinchilik qilgan.
Qayd etilishicha, ulardan biri R.Ulug‘bek A.Navoiy mahallasida yashovchi, S.Sanjardan qo‘ng‘iroq qilib olishini aytib, qo‘l telefonini olgan. Shu payt uning sherigi K.Sherali S.Sanjarning jag‘ sohasiga urgan. So‘ng, boshqalar ham S.Sanjarning turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan va uning SUMSUNG S 7 rusumli qo‘l telefonini olib, voqea joyidan yashiringan. Ekspertizada S.Sanjar o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgani aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, joriy yil 26 iyul kuni K.Sherali, U.Javohir, I.Abdumalik, B.Jahongir va R.Ulug‘bekga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi

17:32 / 29.04.2025
Sariosiyo aeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

23:16 / 11.04.2025