Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Markaziy Osiyo liderlari milliy taomlar festivalida
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida Turkmanboshi shahrida beshta respublikaning milliy sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi, milliy taomlari festivali va tantanali konsert tashkil etildi.

Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon qatnashdi.
“Made in Uzbekistan” ekspozitsiyasida O‘zbekistonning oziq-ovqat, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, charm-poyabzal, elektr texnikasi, kimyo, farmatsevtika, zargarlik va qurilish materiallari kabi sanoat tarmoqlari salohiyati namoyish etildi.
Ko‘rgazmadan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmaniston mahsulotlari ham o‘rin olgan. Ekspozitsiyalar 8 ming kvadrat metrdan ziyod maydonni egallagan.
Prezidentlar milliy taomlar namunalarini ham ko‘zdan kechirdi. So‘ng Markaziy Osiyo mamlakatlari san'at ustalari ishtirokida tantanali konsert dasturi bo‘ldi.
Bu tadbirlardan tashqari, sammit doirasida mintaqaning yetakchi ayollari muloqoti va mintaqa iqtisodiy forumi ham bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid

13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda

16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi

14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

15:03 / 01.05.2025