Koronavirus: Kunlik holatlar soni 1000ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda qariyb 1000 nafar kishida koronavirus, 547 kishida pnevmoniya aniqlangani, ikki kasallikdan jami 9 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 5 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 134826 (+974) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.
Bu pandemiya davridagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bundan avvalgi antirekord bir kun oldin qayd etilgan - 5 avgust kuni 951ta yangi holat haqida e'lon qilingandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 103 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 41 nafari Andijon viloyatida,
- 19 nafari Buxoro viloyatida,
- 110 nafari Jizzax viloyatida,
- 35 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 21 nafari Navoiy viloyatida,
- 40 nafari Namangan viloyatida,
- 102 nafari Samarqand viloyatida,
- 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 105 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 96 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 40 nafari Xorazm viloyatida,
- 110 nafari Toshkent viloyatida,
- 125 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 128 nafar,
- Buxoro viloyatida 22 nafar,
- Jizzax viloyatida 124 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 36 nafar,
- Navoiy viloyatida 30 nafar,
- Namangan viloyatida 20 nafar,
- Samarqand viloyatida 70 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 98 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 82 nafar,
- Xorazm viloyatida 73 nafar,
- Toshkent viloyatida 87 nafar,
- Toshkent shahrida 112 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 128191 (+882) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 6 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 916tani tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 5 avgust kuni 547 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 13531taga yetdi. So‘nggi bir kunda bemorlarning 551 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 6046 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 90 nafarga yetdi.
Mavzuga oid
16:38 / 03.12.2023
Xorazmda 20 yoshli talaba pnevmoniyadan vafot etdi
18:55 / 27.11.2023
Xitoyda bolalar pnevmoniyasi bilan bog‘liq vaziyat og‘ir emas – JSST
18:31 / 23.11.2023
Toshkentda O‘RVI tarqalishi kuchaydi. Vazir mas’ullarga shoshilinch topshiriqlar berdi
11:40 / 13.12.2022