Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya hukumati do‘konlardagi yetishmovchilik sababli armiyadan yordam so‘raydi
Buyuk Britaniya hukumati do‘konlarga oziq-ovqat yetkazib berish to‘xtab qolgani sababli armiyadan yordam so‘raydi, deb xabar berdi Daily Mail nashri.
Iyul oyi oxirida yuk tashuvchilar uyushmasi mamlakatda 100 ming nafar yuk mashinasi haydovchisi yetishmayotgani, shu sababdan oziq-ovqat mahsulotlarini omborlardan do‘konlarga yetkazib berishda muammolar kelib chiqishi haqida ogohlantirdi. Bunday vaziyat haydovchilarning ko‘pchiligi Brexit’dan so‘ng qirollikni tark etgani, mingga yaqin yangi haydovchi eesa haydovchilik guvohnomasi olish uchun test topshirishni kutayotgani sababli yuzaga kelgan. Nashrning ta'kidlashicha, bu jarayon koronavirus pandemiyasi tufayli kiritilgan lokdaun sababli murakkablashmoqda.
Ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda, Buyuk Britaniya rahbariyati armiyadan oziq-ovqat va dori-darmonlarni do‘konlarga yetkazishda Qirollik logistika korpusidan ikki mingga yaqin haydovchi yuborishni so‘raydi.
Hukumat yaqin orada qurolli kuchlarga bu haqda rasmiy so‘rov yuborishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025