O‘zbekiston | 12:59 / 09.08.2021
3938
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoro va Surxondaryoda yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Shofirkon va Denov tumanlarida yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, fuqaro N.X. Buxoro shahar hokimligi zaxirasida bo‘lgan 16 sotix yer maydonini fuqaro X.ga 14 000 AQSh dollariga sotishga kelishgan. U ushbu pullarni ukasi S. orqali olgan vaqtida departamentning Shofirkon tuman bo‘limi va viloyat DXX hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Shuningdek, denovlik fuqaro Sh.P. boshqa bir fuqaro R.ga “Xazarbog‘” SIU hududidan bog‘dorchilik yo‘nalishida ajratilgan 3 gektar yer maydonini 20 000 AQSh dollariga sotishini aytgan. Bu firibgar ham oldindan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq Buxoroda fuqaroga yer sotayotgan, Qashqadaryo viloyatida esa tanishlari orqali dala shiyponini rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.

Mavzuga oid