Iqtisodiyot | 08:05 / 09.08.2021
14560
5 daqiqa o‘qiladi

Raqamli iqtisodiyot sohasidagi qator hujjatlarga o‘zgartirish kiritildi

Prezidentning «O‘zbekiston Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi «Raqamli O‘zbekiston–2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni)»gi farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan quyidagi hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

1) Prezidentning 18.05.2019 yildagi PQ-4321-son qaroriga.

Belgilanishicha, «elektron hukumat» va raqamli iqtisodiyot tizimi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish:

  • davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etish, ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek elektron hamkorligini ta'minlash uchun idoraviy va idoralararo ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va faoliyat yuritish qismida – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan;
  • davlat organlari va boshqa tashkilotlarda axborot tizimlarini nazorat qilish va axborot xavfsizligini ta'minlash tizimini takomillashtirish qismida – Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi;
  • idoraviy axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz ishlashini ta'minlash, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish qismida – vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan ta'minlanadi (3-b. «b» kichik b.).

Operatorga AKT sohasida xaridlarni amalga oshirishda faqat Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» DMda texnik topshiriqlarni kelishish huquqi taqdim etiladi.

2) Prezidentning 30.06.2017 yildagi PF-5099-son farmoniga.

Farmonning 2-bandida belgilanishicha, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (Texnopark) axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida butun respublika hududida Texnopark rezidentlarini joylashtirgan holda O‘zbekiston hududida eksterritoriallik prinsipi asosida tashkil qilinadi.

Texnopark rezidentlari jumladan 2028 yil 1 yanvarga qadar ijtimoiy soliqni to‘lashdan ozod qilinadi.

Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazini tashkil etish, uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va rezidentlarning huquqlari, shuningdek LBMAni muvofiqlashtiruvchi organ etib belgilash to‘g‘risidagi normalar (1, 3, 4, 6-b.) o‘z kuchini yo‘qotdi.

Texnopark rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq xodimlarning 2028 yil 1 yanvarga qadar mehnatga haq to‘lash tarzida olingan daromadlaridan Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 4,5 foizlik stavka bo‘yicha fuqarolarning sug‘urta badallarini to‘lash to‘g‘risidagi norma chiqarib tashlandi.

3) Prezidentning 10.01.2019 yildagi PF-5624-son farmoniga.

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish va «Raqamli O‘zbekiston — 2030» dasturini amalga oshirish doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarini majburiy ravishda jalb etish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan (7-b).

9-band «g» kichik band bilan to‘ldirildi, unga muvofiq «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Direksiyasi» MChJ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iste'dodli yoshlarni aniqlash uchun aniq sohalar (ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, davlat boshqaruvi va boshqalar) bo‘yicha har yilgi tanlovlarni o‘tkazadi.

4) Prezidentning 17.01.2019 yildagi PF-5635-son farmoniga.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas'ul davlat organlari ro‘yxati (3-ilova) quyidagi pozitsiyalar bilan to‘ldirildi:

5) Prezidentning 2.06.2020 yildagi PF-6003-son farmoniga.

9-band yangi xatboshi bilan to‘ldirildi, unga muvofiq O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas'ul vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari rahbarlari «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portalida e'lon qilinadigan axborotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Mavzuga oid