Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Afg‘onistondagi yana bir viloyat markazini egalladi
“Tolibon” harakati jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Saripul viloyati markazi bo‘lgan Saripul shahrini egalladi. Bu haqda viloyat rasmiylariga tayanib Associated Press xabar berdi.
Shahar uchun ikki hafta davomida jang olib borilgan. Natijada afg‘on xavfsizlik kuchlari Saripulni tark etgan, mahalliy qarshilik kuchlari toliblarga jangsiz taslim bo‘lgan.

Endilikda toliblar butun Saripul viloyatini nazorat qilmoqda.

“Tolibon” harakati avvalroq Zaranj (Nimro‘z viloyati markazi), Shibirg‘on (Juzjon viloyati markazi) va Tolukon (Tohar viloyati markazi) shaharlarini qo‘lga kiritgandi.
Bundan tashqari, toliblar Kunduz viloyati markazi, strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Kunduz shahrini egallagan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025