Jahon | 14:46 / 10.08.2021
16968
1 daqiqa o‘qiladi

Video: O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya harbiylari shartli jangarilarni yo‘q qildi

O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiyaning Afg‘oniston bilan chegara yaqinida, Xatlon viloyatidagi «Harbmaydon» poligonida 1 avgustda boshlangan harbiy mashqlari bugun, 10 avgust kuni yakunlanadi.

Foto: press-slujba TsVO

«Aziya-Plyus» xabariga ko‘ra, O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya harbiylari chegarani kesib o‘tgan va terrorchilik harakatlari sodir etishni rejalashtirgan shartli jangarilarni yo‘q qildi. Mashqlar Tojikistonning «Harbmaydon» poligonida o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarning yakuniy bosqichini O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari -  Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i Shuhrat Xolmuhammedov, Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo va Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘mondoni Aleksandr Lapin kuzatib bordi.

10 kunlik mashg‘ulotlarga uch davlat armiyasining 2,5 mingdan ortiq askar va ofitserlari, 500ta harbiy texnika va artilleriyasi, 25ta jangovar samolyot va vertolyotlari jalb qilindi.

Mavzuga oid