AQSh elchixonasi amerikalik fuqarolarni Afg‘onistonni darhol tark etishga chaqirdi
AQShning Afg‘onistondagi elchixonasi 12 avgust kuni amerikalik fuqarolarga Afg‘onistonni darhol tark etishni tavsiya qildi.
“AQSh elchixonasi amerikalik fuqarolarni mumkin bo‘lgan reyslar bilan Afg‘onistonni darhol tark etish lozimligidan ogohlantiradi. Agar samolyotga chipta olishga moliyaviy imkoniyatingiz bo‘lmasa, AQShning Kobuldagi elchixonasi bilan buning uchun kredit olish uchun bog‘laning. Agar amerikalik fuqaro bo‘lsangiz va turmush o‘rtog‘ingiz yoki farzandingiz uchun immigratsion vizani kutayotgan bo‘lsangiz, darhol biz bilan bog‘laning”, — deb aytilgan elchixonada.
AQSh elchixonasi bayonotida ta'kidlanishicha, elchixona xodimlari kamligi sababli fuqarolarga ko‘rsatiladigan yordam o‘ta cheklangan.
Ayni vaqtda Afg‘onistonda toliblar birin-ketin viloyatlar markazlarini egallamoqda. Avvalroq ular Afg‘onistonning yirikligi bo‘yicha ikkinchi shahri hisoblangan Qandahorni egallaganini e'lon qilgan. Agar bu ma'lumot tasdiqlansa, unda Qandahor viloyati markazi mamlakatning 34ta viloyat markazidan toliblar nazoratiga o‘tgan 12-markaz bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32 / 16.11.2024