Jizzaxda sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida «Nexia» yonib ketdi

Jizzax viloyati Zomin tumani hududida «Zil-138» yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida «Nexia» to‘liq yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIB tomonidan ma'lum qilindi.
Jizzax viloyati Zomin tumani hududidan o‘tgan Qo‘qon – Jizzax A- 376 yo‘lining 256- kilometrida «Nexia» «Zil-138» yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda tumanning Beshyuz qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qilgan B.O‘. boshqaruvidagi «Nexia» to‘liq yonib ketdi. Haydovchini avtoulovdan chiqarib olishning iloji bo‘lmagan va u voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Ko‘ngilsiz hodisaga haydovchining uxlab qolishi natijasida «Nexia»ning «Zil-138» yo‘liga chiqib ketishi sabab bo‘lgani bildirilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Avvalroq, Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalarining 33 tasi haydovchilarning uxlab qolishi tufayli yuz bergani ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid

17:03 / 22.05.2025
“Shohrux Abdunazarovni majburiy keltirish tadbirlari amalga oshirilmoqda” – Jizzax IIB yuk mashinalari bilan bog‘liq firibgarlik haqida

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi

17:58 / 21.05.2025