O‘zbekiston | 08:03 / 12.08.2021
8880
3 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda «Mehr daftari» tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda
Prezident “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Senatga mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash tavsiya etildi:
- o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish bo‘yicha “Mehr daftari” tizimini hayotga tatbiq etish;
- yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) oladigan oilalarda tarbiyalashni rag‘batlantirish amaliyotini joriy etish hisobiga o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilarni bosqichma-bosqich farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) oladigan oilalarda tarbiyalashga o‘tkazish choralarini ko‘rish;
- bolalarning ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lishining sabablarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish.
Belgilanishicha:
- 2021 yil 1 noyabrdan boshlab “Mehr daftari” tizimi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi;
- 2022 yil 1 yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumidan ajratmalar miqdori besh foizdan uch foizga pasaytiriladi;
- 2022 yil 1 yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foiz miqdoridagi ajratmalar budjetga to‘lanadigan soliq va yig‘imlarga tenglashtiriladi, ushbu ajratmalar soliq organlari tomonidan undiriladi va import qilinadigan alkogol mahsulotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
- “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘lari homiylik mablag‘lari, 2022 yil 1 yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Mavzuga oid
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
18:16 / 21.11.2024
«Mehr daftari» jamg‘armalari tugatiladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024