Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiy tadqiqotlar markaziga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi
“Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.
Markaz, jumladan, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda mahalliy davlat hokimiyati organlarini ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar bilan doimiy ravishda ta'minlab boradi.
Markaz tuzilmasida quyidagilar tashkil etildi:
- Sanoat klasterlari faoliyatini rivojlantirish sho‘'basi;
- IT-texnologiyalarni joriy etish va ma'lumotlar bazasini integratsiyalash sho‘'basi;
- Jamoatchilik bilan aloqalar va marketing sho‘'basi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida markazning hududiy filiallari tuzildi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025