Jamiyat | 20:23 / 16.08.2021
3242
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan «Kobalt» yo‘lovchisi vafot etdi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan «Kobalt» yo‘lovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 16 avgust kuni soat 17:00larda, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan M39 Almati-Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining 1005-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1995 yilda tug‘ilgan X.M. boshqaruvidagi «Kobalt» mashinasi hamda 1992 yilda tug‘ilgan O.J. boshqaruvida bo‘lgan «ZIL» rusumli yuk mashinasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda, «Kobalt» yo‘lovchisi U.Q. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yo‘lovchi M.S. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan YTHlarning 33 tasi haydovchilarning uxlab qolishi tufayli yuz bergani ma'lum qilindi

Jizzaxda Isuzu haydovchisi uxlab qolib sodir etgan YTHda bir kishi vafot etdi

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid