O‘zbekiston | 18:16 / 16.08.2021
9023
2 daqiqa o‘qiladi

Oqoltin tumanidagi nomi bor, o‘zi yo‘q sayyohlik markazi

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi yo‘l chetiga o‘rnatilgan nomi bor, o‘zi yo‘q «Sayyohlar uchun markaz» haqidagi videolavha kuzatuvchilarning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi. 

TikTok foydalanuvchisi tomonidan tarmoqqa joylangan video kuzatuvchilarning muhokamasiga sabab bo‘ldi. Unda Oqoltin tumani Saxovat mahallasi hududida o‘rnatilgan reklama banneridagi «Sayyohlar uchun markaz» (Center for touriss) yozuvi foydalanuvchida qiziqish uyg‘otganligi ko‘rsatilgan. Foydalanuvchi tomonidan ushbu hudud atrofida o‘tkazilgan og‘zaki so‘rovnomada esa mahalliy aholi bu haqda bilmasligi, bunday joy yo‘qligini ta'kidlagan. 

Oqoltin tumani hokimligining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, avvalroq ushbu hududda tuyaqushchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor tomonidan uy mehmonxonasi va tuyaqush fermasida dam olish joyi tashkil etilgan. Rejaga ko‘ra bu yerda tuyaqush go‘shti va tuxumini pishirilgan holda sotish rejalashtirilgan. Biroq 2020 yilning may oyida sodir bo‘lgan Sardoba suv omboridagi texnogen holat tufayli bu ishlar amalga oshmay qolgan.

Mavzuga oid