Minglab odamlar Kobul aeroporti hududiga kirishga urinmoqda
Xabarlarga ko‘ra, toliblar Kobul aeroportidagi barcha reyslarni vaqtincha to‘xtatgan.

Foto: Reuters
Kobul xalqaro aeroporti atrofiga minglab odamlar to‘plangan, ularning aksariyati aeroport hududiga kirishga urinmoqda, deb xabar berdi pokistonlik jurnalist Vajohat Kozimiy.
«To‘planganlarning ko‘pchiligi devordan oshib o‘tishga urinmoqda. AQSh qo‘shinlari aeroport ichida, «Tolibon» tashqarisida joylashgan», — deb yozdi u Twitter’da.
Kozimiy avvalroq «Tolibon» jangarilari aeroportga yetib kelgani haqida xabar qilgandi.
Xabarlarga ko‘ra, toliblar Kobul aeroportidagi barcha reyslarni vaqtincha to‘xtatgan.
Mavzuga oid

13:26 / 18.04.2025
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi

23:08 / 11.04.2025
Yaponiyadagi sun’iy orollarda joylashgan aeroport dengiz ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin

21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi

16:04 / 26.03.2025