Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Afg‘oniston rahbariyatida ayollar ham bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi
TOLOnews telekanali efirida bir necha kun avval xavfsizlik nuqtayi nazaridan ishdan chaqirib olingan ayol boshlovchilar yana ko‘rinish berdi. Xususan, kunduzgi ko‘rsatuvlardan birida ayol muxbir jonli efirda toliblar vakilidan intervyu oldi.
Toliblar vakili Enamulla Samanganiy Afg‘oniston davlat televideniyesi orqali qilgan chiqishida mamlakat rahbariyatiga ayollar ham jalb etilishi mumkinligini istisno qilmadi.
«Islom amirligi ayollar qurbon bo‘lishini istamaydi, shariat qonuniga muvofiq, ayollar davlat tuzilmalari tarkibida bo‘lishi lozim», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Associated Press.
Samanganiyning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning yangi hukumati tajribaga asoslanadi, ammo to‘laligicha islomiy boshqaruv bo‘ladi.
Seshanba kuni TOLOnews telekanali efirida bir necha kun avval xavfsizlik nuqtayi nazaridan ishdan chaqirib olingan ayol boshlovchilar yana ko‘rinish berdi. Xususan, kunduzgi ko‘rsatuvlardan birida ayol muxbir jonli efirda toliblar vakilidan intervyu oldi.
Avvalroq toliblar vakili Suhayl Shahin Afg‘onistonda ayollar ta'lim olishi va ishlashi mumkinligini aytgandi. Qayd etilishicha, barcha ayollar hijobda yurishi majburiy bo‘ladi. «Tolibon» ayollar uylaridan yolg‘iz o‘zlari, erkaklar hamrohligisiz chiqishiga kafolat bergan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025