Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Kobuldan parvoz qiladigan reyslarni to‘xtatdi
«Tolibon» otryadlari Kobul aeroportiga yetib kelgan. Ular bu yerda to‘plangan odamlarni tarqatish uchun bir necha marta havoga o‘q uzgan.
«Tolibon» harakati Kobul aeroportidagi barcha reyslar vaqtincha to‘xtatilishini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Sky News Arabia.
Al-Jazeera telekanalining xabariga ko‘ra, «Tolibon» otryadlari Kobul aeroportiga yetib kelgan. Ular bu yerda to‘plangan odamlarni tarqatish uchun bir necha marta havoga o‘q uzgan.
Avvalroq Germaniya samolyoti Kobul aeroportidan atigi yetti kishini olib ketishga muvaffaq bo‘lgani xabar qilingandi. Xabarda aytilishicha, ko‘proq odamlarni evakuatsiya qilishga aeroportdagi sharoit imkon bermagan.
15 avgust kuni esa Amerika harbiy-havo kuchlarining Boeing C-17 Globemaster III rusumli harbiy-transport samolyoti Kobuldan 640 nafarga yaqin tinch aholi vakilini olib uchgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
10:30 / 15.05.2025