Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vitaliy Klichko yaqin orada Kiyev meri lavozimidan olinishi mumkin - OAV
Kiyev meri Vitaliy Klichko yaqin orada o‘z lavozimidan bo‘shatilishi mumkin. Bu haqda Ukrainaning “Vesti” nashri xabar berdi.
“Xalq xizmatkori” va Kiyev ma'muriyatidagi birdaniga bir nechta manba Klichkoning o‘z lavozimidan olinishi masalasi 100 foiz hal bo‘lganini va hozirda prezident Vladimir Zelenskiy uni o‘rniga kimni tayinlash masalasini hal qilayotganini ma'lum qilgan. Manbalarimizning aytishicha, Klichkoning o‘rnini obshchina va hududlar vaziri Aleksey Chernishov egallaydi”, deb aytilgan xabarda.
Klichkoning bo‘shatilishi mumkinligini Ukraina parlamentidagi “Golos” fraksiyasi raisi Yaroslav Jyeleznyak ham tasdiqlagan. Uning ta'kidlashicha, Kiyev ma'muriyatida xodimlar o‘zgartirilishi masalasi 23 avgustdagi navbatdan tashqari sessiyada ko‘rib chiqiladi.
Avvalroq sobiq bokschi prezident Zelenskiy bilan o‘rtalarida nizo yo‘qligini, biroq vaqti-vaqti bilan o‘zaro munosabatlarida keskinlik bo‘lib turishini aytgan.
Klichkoning partiyasi “Udar”ning ta'kidlashicha, Ukraina prezidenti ofisi Klichkoni Zelenskiyning bosh raqobatchisi deb hisoblaydi. Partiyada ta'kidlanishicha, hukumat Kiyev meri lavozimida xalq saylagan odamni emas, balki “o‘z odami”ni ko‘rmoqchi.
50 yoshli Klichko Kiyev meri lavozimini 2014 yil iyundan beri egallab keladi.
Mavzuga oid
08:50 / 24.05.2025
Kiyev va mintaqaga tungi hujum: jabrlanganlar bor
10:11 / 17.05.2025
AQShning Kiyevdagi sobiq elchisi: Trampning Ukrainaga bosimi tufayli ketdim
09:01 / 01.05.2025
Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda
18:50 / 24.04.2025