Polsha Kobuldan 50 kishini Navoiy xalqaro aeroporti orqali evakuatsiya qildi

2021 yilning 18 avgust kuni Polsha harbiy-havo kuchlarining Lockheed C-130H Hercules harbiy samolyoti 50 kishini Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib keldi. Bu haqda PAP nashri Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Marsin Pshidachga tayangan holda xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, evakuatsiya qilinganlar orasida mamlakat fuqarolari, Polsha diplomatik missiyasi xodimlari bo‘lgan. Polshaning Boeing 787 yo‘lovchi samolyoti ularni Navoiy xalqaro aeroportidan Polshaga olib ketgan.
Oldinroq Germaniya qurolli kuchlarining ikkita A400M rusumli harbiy transport samolyoti Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridan Toshkentga 400 nafardan ortiq odamni evakuatsiya qilgandi.
Mavzuga oid

21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi

15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin

22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti

17:22 / 14.05.2025