Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Xitoy hamkorlikdagi antiterror mashg‘ulotlari o‘tkazishni boshladi
Mashg‘ulotlarda uzoq masofaga o‘q uzadigan tanklar va zambaraklar, artilleriya, aviatsiya, dronlar va boshqa qurollardan foydalaniladi.
Tojikistonda mamlakat ichki ishlar vazirligi va Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi maxsus bo‘linmalari hamkorligidagi antiterror mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Tojikiston IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Mashg‘ulotlar Romit darasidagi «Marg‘ob» poligonida o‘tkazilmoqda. Mashqlarda tog‘li hududda terrorizmga qarshi kurashish ko‘nikmalari mustahkamlanadi.
Mashg‘ulotlarda uzoq masofaga o‘q uzadigan tanklar va zambaraklar, artilleriya, aviatsiya, dronlar va boshqa qurollardan foydalaniladi.
Avvalroq Tojikistonda Rossiya harbiylari o‘quv mashg‘ulotlari boshlangandi. Mashg‘ulotlarda Rossiya 201-harbiy bazasining mingga yaqin harbiylari ishtirok etmoqda.
Avgust boshlarida esa Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiylari Harb-Maydon poligonida mashg‘ulotlar o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
08:34 / 18.05.2025
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
17:55 / 14.05.2025
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
17:57 / 29.04.2025