Vashingtondagi Kapitoliy binosi haydovchining tahdididan keyin o‘rab olindi
AQSh poytaxti Vashingtonda Kapitoliy joylashgan hududdagi bir nechta binodan odamlar evakuatsiya qilindi va hudud o‘rab olindi. Bunday choralar kongress kutubxonasi yonida qora pikapda to‘xtagan haydovchi mashinasida bomba borligini va uni portlatishi mumkinligini aytgandan keyin ko‘rildi.
Politsiya pikap minalashtirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar olgach, odamlarni evakuatsiya qila boshlagan. Politsiyachilar mashina haydovchisi qo‘lida detonatorga o‘xshash buyum ko‘rishgan, biroq keyinroq bu axborot tasdiqlanmagan.
Kapitoliy politsiyasi boshlig‘i Tom Menger brifingda gumonlanuvchi haqida axborot bergan. Hozircha haydovchining motivlari noma'lum, biroq vaziyatni tinch hal qilish uchun u bilan muzokaralar olib borilmoqda. Voqea joyiga snayperlar yuborilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, davlat raqami bo‘lmagan pikap mashinasi kutubxona yonida soat 9:15 da to‘xtagan. Haydovchi uning yoniga kelgan politsiyachiga mashinasida bomba va detonator borligini hamda hammayoqni portlatishini aytgan.
Bir nechta politsiyachi mashinada portlovchi qurilmaga o‘xshash hech narsa ko‘rishmaganini aytishgan. Ularning ta'kidlashicha, politsiya hozircha haydovchining tahdididan kelib chiqib ish ko‘rmoqda.
Kongressdagi ba'zi xodimlarning ta'kidlashicha, dastlab ularga ko‘chaga chiqmaslik va o‘z xonalarida qolish aytilgan. Ma'lum qilinishicha, joriy haftada Kapitoliyda kongressmenlar yo‘q.
Mavzuga oid
12:00 / 04.10.2024
Prokuror: Tramp Kapitoliyga hujum ishi bo‘yicha daxlsizlikka ega emas
08:50 / 14.09.2024
Vashington va London Ukrainaning Rossiyaga zarba berishi bo‘yicha qarorni keyinga qoldirdi
13:23 / 05.06.2024
Ostonadan Vashingtongacha – turli davlatlar poytaxtini nega o‘zgartirgan?
14:35 / 30.03.2024