Jahon | 19:11 / 20.08.2021
12533
1 daqiqa o‘qiladi

Kobul aeroportidagi amerikalik harbiylar soni 5,8 mingga yetdi

Ma'lumot berilishicha, yaqin kunlarda ular soni 6 ming nafarga yetkaziladi.

AQSh evakuatsiya ishlariga yordamlashish va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida Kobul aeroportiga 5,8 mingga yaqin harbiylarini joylashtirdi.

Bu haqda AQSh rasmiy shaxslariga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, yaqin kunlarda ular soni 6 ming nafarga yetkaziladi.

Avvalroq Afg‘oniston poytaxtidan evakuatsiya ishlarini o‘tkazishda logistika masalalari uchun mas'ul general Xenk Teylor aeroportda 5,2 ming nafar amerikalik harbiy borligini aytgandi.

Mavzuga oid