O‘zbekiston | 17:27 / 20.08.2021
16779
2 daqiqa o‘qiladi

Merkel evakuatsiya jarayonidagi ko‘mak uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi

Germaniya federal kansleri Angela Merkel o‘z fuqarolari, nemis tuzilmalarida ishlagan mahalliy xodimlar, shuningdek, yordamga muhtoj afg‘onlarni evakuatsiya qilishda ko‘maklashgan O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi.

Germaniya Afg‘onistondan, birinchi navbatda, o‘z fuqarolari, nemis tuzilmalarida ishlagan mahalliy xodimlar, shuningdek, yordamga muhtoj afg‘onlarni evakuatsiya qilmoqda.

U bu xalqaro hamjamiyat bilan muvofiqlashtirilgan murakkab operatsiya ekanini ta'kidlagan. 

«Shuningdek men, yaqindan hamkorlik qilayotgan O‘zbekistonga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman», degan Germaniya federal kansleri.

Bundan avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer va kansler Angela Merkel bilan Germaniya, Afg‘oniston va Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolarini Toshkent aeroporti orqali evakuatsiya qilish ishlarini davom ettirish masalalarini muhokama qilgandi.

Kobuldan evakuatsiya qilinayotganlar uchun O‘zbekiston alohida terminal ajratdi - «Toshkent-3» aeroporti noma'lum muddatga yopilgan.

Germaniya shu vaqtgacha 900 kishini Kobuldan olib chiqqan. Evakuatsiya qilinganlar Lufthansa va Uzbekistan airways aviakompaniyalari samolyotlari orqali Toshkentdan Frankfurt-Maynga olib borilmoqda.
 

Mavzuga oid