Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Yevropaning migrantlar saqlanadigan «omborxonasi» emas – Erdo‘g‘an
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Anqara bunday majburiyat yoki mas'uliyatni zimmasiga olmagan.
Turkiya Yevropa uchun migrantlar saqlanadigan «omborxona» rolini o‘ynamaydi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara bunday majburiyat yoki mas'uliyatni zimmasiga olmagan.
Turkiya prezidenti Afg‘onistondagi vaziyatga ham to‘xtalib o‘tdi. Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya agar zarur bo‘lsa «Tolibon» shakllantirgan hukumat bilan muloqotga kirishadi, chunki Afg‘onistonning barqarorligi va xavfsizligi Anqaraning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Uning qayd etishicha, Afg‘onistonda 5 ming nafarga yaqin turkiyalik fuqarolar yashaydi. Ularning 500 nafarga yaqini Turkiyaga olib kelingan.
Turkiya ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Turkiyada 300 ming nafarga yaqin afg‘onistonlik migrantlar bor.
Mavzuga oid
16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
10:26 / 16.05.2025
Turkiya Putin va Zelenskiy tayyor bo‘lsa, ularni qabul qilishga tayyor
20:52 / 15.05.2025