O‘zbekiston | 12:26 / 21.08.2021
7116
1 daqiqa o‘qiladi

Mualliflik huquqi muallif vafotidan keyin 70 yil amal qilishi belgilandi 

Mualliflik huquqining amal qilish muddati uzaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, intellektual mulk sohasida ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, mualliflik huquqi muallifning vafotidan keyin 70 yil davomida amal qilishi belgilandi. Ilgari ushbu muddat 50 yil edi.

Qonunga ko‘ra, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilganidan so‘ng Intellektual mulk agentligi talabnoma haqidagi ma'lumotlarni veb-saytiga 1 ish kunida joylashtiradi.

Ushbu e'lon asosida manfaatdor shaxslar Intellektual mulk agentligiga talabnoma nohalol topshirilgan ariza haqida e'tiroz bildirishi mumkin.

Bildirilishicha, qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Mavzuga oid