Jahon | 09:00 / 23.08.2021
7746
2 daqiqa o‘qiladi

Avstriya Afg‘onistondan qochqinlarni qabul qilishni to‘xtatishini aytdi

Foto: Global Look Press

Avstriya kansleri Sebastyan Kurs Puls 24 telekanali efirida o‘z mamlakati Afg‘onistondan qochqinlarni boshqa qabul qila olmasligini aytdi. 

“Men ko‘ngilli ravishda ko‘proq odamlarni qabul qilishga qarshiman. Men kansler ekanman, bu yuz bermaydi”, deb aytgan Kurs.

Uning ta'kidlashicha, Avstriya bugungi kunga kelib 40 mingdan ko‘proq afg‘onni qabul qilgan va shu tariqa Kobuldagi vaziyatga ko‘mak ko‘rsatib, “nomutanosib ravishda haddan tashqari katta hissa” qo‘shgan.

Avstriya yetakchisining aytishicha, Yevropada afg‘on qochqinlarini faqatgina bir davlat – Shvetsiya Avstriyadan ko‘ra ko‘proq qabul qilgan.

Kurs Avstriya afg‘on ayollariga yordam berish uchun imkoni bor ishni qilishi kerakligini aytdi.

“Ayollar va aholining xavfsizligiga kelsak, biz bu borada katta javobgarlikka egamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Kurs.

16 avgustda BMT Xavfsizlik kengashi Afg‘onistondagi jangovar harakatlarning darhol to‘xtatilishi va yangi inklyuziv hukumat tashkil etilishini talab qilgan. O‘sha kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish barcha davlatlarni afg‘on qochqinlarini qabul qilishga va ularni deportatsiya qilmaslikka chaqirgan.

Mavzuga oid