Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Afg‘onistondagi har qanday hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi
Eron Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga intilayotgan har qanday hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda 23 avgustda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Avstriya kansleri Sebastyan Kurs bilan telefon orqali muloqot chog‘ida ma'lum qildi.
“Eron Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlikni o‘rnatish uchun sa'y-harakatlarni davom ettirmoqda”, – deya Raisiy so‘zlarini keltirib o‘tdi uning matbuot xizmati. – Biz ushbu mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni o‘rnatish uchun javobgarlikni his qiluvchi har qanday hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyormiz”.
“Tolibon” jangarilari 15 avgustda Kobulga jangsiz kirdi va bir necha soat ichida shahar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani qon to‘kilishining oldini olish maqsadida mamlakatni tark etdi. Respublika vitse-prezidenti Amrulla Solih prezident yo‘q bo‘lgan sharoitda o‘zini davlat rahbari deb e'lon qilib, “Tolibon”ga qurolli qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:58 / 21.05.2025