Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Katta yettilik” “Tolibon” hukumatining tan olinishi shartini ma'lum qildi
G7 “Tolibon” terrorizmga qarshi kurash, inson huquqlari, xususan, ayollar va ozchilikni tashkil etadiganlar huquqlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun mas'ul ekanligini bildirgan.
G7 guruhi yetakchilari virtual uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Tolibon” harakatiga murojaat bilan chiqdi. Bayonot Buyuk Britaniya hukumati tomonidan e'lon qilindi.
Bayonotda AQSh, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Britaniya, Kanada va YeI rahbarlari Afg‘oniston xalqini va afg‘on qochqinlarini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi hamda Afg‘onistonning hamkorlarini mintaqaviy barqarorlikka qaratilgan sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Bundan tashqari, G7 “Tolibon” terrorizmga qarshi kurash, inson huquqlari, xususan, ayollar va ozchilikni tashkil etadiganlar huquqlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun mas'ul ekanligini bildirgan.
“Bo‘lajak hukumatning qonuniyligi uning zimmasidagi xalqaro majburiyatlar va Afg‘onistonda barqarorlikni ta'minlash bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdagi yondashuviga bog‘liq bo‘ladi”, – deyiladi G7 bayonotida.
Avvalroq BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet Afg‘onistonda toliblar inson huquqlarini buzayotgani, jumladan, tinch aholini ommaviy qatl qilayotgani to‘g‘risida ma'lumotlar kelib tushayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
10:22 / 23.05.2025
G7 moliya vazirlari Rossiyaga sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
00:45 / 22.05.2025
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 sammitidan dastlabki bayonotlar
21:58 / 21.05.2025