Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko o‘ziga uyushtirilgan hujumda Zelenskiyni aybladi
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko Kiyev markazida ustiga ko‘kdori (zelyonka) quyib yuborilishiga amaldagi prezident Vladimir Zelenskiy aloqador ekanini aytdi. Voqea 24 avgustda Ukraina mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘tgan tadbir vaqtida yuz bergan.
“Aytmoqchi emasdimu, biroq aytishga majburman. Vladimir Aleksandrovich, tushunaman – qo‘rqinchli. Tushunaman, siz ko‘ngillilar, harbiylar, haqiqiy vatanparvarlardan Putindan ko‘ra ko‘proq ko‘rqasiz. Bizni ko‘kdorilaringiz bilan to‘xtatishga harakat qilmang. Buning uddasidan chiqa olmaysiz”, deb aytgan Poroshenko o‘z tarafdorlari oldidagi chiqishi vaqtida.
Avvalroq Poroshenko ustidan ko‘kdori quyib yuborilgani ma'lum qilingandi. Politsiya ushbu hujumni sodir etgan, 1999 yilda tug‘ilgan yigitni qo‘lga olgan. Unga nisbatan bezorilik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ta'kidlanishicha, u 5 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025