Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda o‘qituvchilarga maktab hojatxonasini tozalatgan direktor jazolandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi 31-maktabda chet tili o‘qituvchilari direktor tomonidan hojatxonani tozalash va qayta ta'mirlash ishlariga majburan jalb qilingani haqida xabarlar tarqalgan. Mazkur hodisa yuzasidan Mehnat vazirligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu xabar Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqilgan. O‘rganish davomida Qarshi tumani 31-maktab direktori o‘qituvchilarni maktab hovlisi va atrofini tozalash ishlariga majburiy tarzda jalb etgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha, Qarshi tumani 31-maktab direktoriga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 50 (ellik) barobari miqdorida ma'muriy jarima qo‘llangan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
12:17 / 07.05.2025
Toshkentda 61 yoshli o‘qituvchi o‘quvchiga shilqimlik qildi
13:29 / 05.05.2025