Ro‘ziqul Berdiyev: «O‘rta Osiyoda o‘zbek futbolining darajasi eng yaxshi»
OFK kubogi chorakfinalidan o‘rin olgan «Nasaf» – «Ahal» (3:2) o‘yinidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.
«O‘yinni o‘zimiz qiyinlashtirib yubordik. Har qanday raqibga imkoniyat bersa, foydalanadi. Nima bo‘lsa ham, g‘alaba qozondik. Ammo o‘yinimizda kamchiliklar bor. O‘yindan oldin Husayn penalti tepishini kelishib olgandik, chunki Marko Olmaliqdagi o‘yinda penaltini ura olmagandi. Uni shu tarzda «jazoladik». Husayn mashg‘ulotlarda penaltini yaxshi tepishini ko‘rsatgandi.
Raqib murabbiyi o‘yin davomida nimanidir o‘zgartirganini ko‘rmadim. Faqat o‘yin yakunida 4-3-3 taktikasiga o‘tdi. Raqib yaxshi o‘ynashiga biz imkon berdik xolos, ular nimanidir o‘zgartirishmadi. Bunday darajadagi jamoalar xatodan foydalana oladi, ular o‘ynashni biladi. Kaluderovichdan juda ko‘p narsa talab qilmaymiz, faqat gol urishini so‘raymiz. U pressingda faol ishlashi kerak, ba'zan ofsaydda qolib ketyapti. Bu uning yoshi va yangi ekani bilan bog‘liq.
Biz O‘rta Osiyoda o‘zbek futboli eng yaxshi ekanini OFK kubogi o‘yinlarida ko‘rdik. O‘tgan yili Dushanbening «Istiqlol» klubi yaxshi o‘yin ko‘rsatganda, ular o‘zbek futbolidan o‘zib ketdi, degan gaplar chiqdi, lekin men bunday deb o‘ylamayman. Mintaqada bizning darajamiz eng yaxshi ekanini yana bir bor ko‘rdik», deb Berdiyevning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.
Ma'lumot uchun, «Nasaf» chorakfinal doirasidagi «Ahal»ga qarshi o‘yinda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va endi final yo‘llanmasi uchun Hindistonning «Bagan» klubi bilan o‘ynaydi. O‘yin 22 sentyabr kuni Qarshida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
17:54 / 01.11.2024
«Nasaf» – o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempioniga aylanib, Toshkent klublarining 23 yillik gegemonligiga chek qo‘ydi
00:00 / 24.10.2024
OChL-2. «Nasaf» Iordaniyada mag‘lubiyatga uchrab, guruhida 3-o‘ringa tushdi
21:16 / 02.10.2024
OChL-2. «Nasaf» Marushichning dubli evaziga «Shabob Al Ahli» ustidan irodali g‘alabaga erishib, peshqadamga aylandi
13:39 / 30.05.2024