O‘zbekiston | 15:42 / 26.08.2021
3572
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda “Obod qishloq”larning ochilish marosimlari o‘tkazilmoqda

Navoiy viloyatida Mustaqillikning 30 yilligi oldidan bir qator ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obektlari foydalanishga topshirilmoqda. Jumladan, Nurota, Uchquduq va Navbahor tumanlarida “Obod qishloq” dasturi asosida bunyodkorlik ishlari olib borilgan qishloqlarning rasmiy ochilish marosimlari o‘tkazildi.  

Tuman hokimliklarining axborot xizmatlariga ko‘ra, dastur asosida Navbahor tumanining Uchtut qishlog‘ida 1 ta MFY binosi, 2 ta maktab, 1 ta qishloq oilaviy poliklinikasi mukammal ta'mirlangan, 2 ta MTT hamda 1 ta MFY binosi yangidan barpo etilgan. Shuningdek, 17,8 km ichimlik suv tarmog‘i tortilmoqda, 810 ta beton tayanch ustunlari o‘rnatilib, 25,6 km elektr tarmoqlari hamda 7 ta transformator punktlari yangidan qurilgan. Hududdagi 24 km yo‘lga qum-shag‘al, 4,7 km yo‘lga esa asfalt yotqizilgan. 

Uchquduq tumanining Buzaubay ovulida esa 1 ta MTT, 1 ta qishloq vrachlik punkti, 1 ta OFY binosi, 4 ta sun'iy qoplamali stadion, 4 ta bolalar o‘yin maydonchasi yangidan barpo etilgan. Shuningdek, 28,8 km ichimlik suv quvurlari, 10 km elektr tarmoqlari, 18 km yo‘llar ta'mirlandi va yangidan qurilgan.

Nurota tumanining Temirqovuq mahallasida ham MFY binosi, xotira maydoni yangidan qurib bitkazilgan, qishloq vrachlik punkti, madaniyat markazi, sport kompleksi, 2-son kasb-hunar maktabi to‘liq kapital ta'mirdan chiqarilgan. Qolaversa, hududda 17,5 km ichki yo‘llarga shag‘al hamda 2 km yo‘lga as'falt yotqizilgan.

Viloyatning qolgan hududlarida ham “Obod qishloq” dasturi asosidagi ishlar yakuniga yetkazilmoqda.  

 

Mavzuga oid