Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-BAA Ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi
Toshkent shahrida O‘zbekiston-Birlashgan Arab Amirliklari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tadbirda xorij delegatsiyasiga BAA iqtisodiyot vaziri Abdulloh bin Tuk al-Marri, O‘zbekiston delegatsiyasiga esa bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchilik qildi.
Delegatsiyalar rahbarlari o‘z chiqishlarida ikki mamlakat iqtisodiy salohiyati ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada oshirishga shart-sharoitlar yaratayotganini ma'lum qildi. Shu nuqtayi nazardan ikki mamlakat biznes vakillari o‘zaro fikr va loyiha takliflari bilan almashish, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va aniq kelishuvlarga erishishlari mumkin bo‘lgan platformani yaratish zarurligi qayd etildi. Tomonlar O‘zbekiston-BAA Ishbilarmonlar kengashi tuzilganini mamnuniyat bilan olqishlab, ikki mamlakat tadbirkorlarini muvaffaqiyatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikka chaqirdi.
Tadbir davomida ikki mamlakat biznes hamjamiyati vakillari o‘rtasida uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi. Tomonlar O‘zbekistonda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, o‘zaro manfaatli savdo bitimlarini tuzish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Forum yakunida bir qator ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, O‘zbekiston-BAA Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekistonning «World Logistics Passport» xalqaro savdoga ko‘maklashish dasturiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekiston-BAA investitsiya kompaniyasi va «E20 Investmens Ltd.» o‘rtasida O‘zbekistonda Gilos va rezavor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim, shuningdek, O‘zbekiston tomonidan Toshkent shahar Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi rahbariyati va BAA tomonidan Abu-Dabi iqtisodiy rivojlanish departamenti tasdiqlagan Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025