Navoiyga ijtimoiy masalalar uchun 100 mlrd so‘m ajratildi – Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida quyosh stansiyasi ochilishida ishtirok etdi va shu yerda hudud faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Albatta, prezident qayerlarga borishini sizlar muntazam kuzatib turasizlar. Navoiyga ertaroq kelishim ham mumkin edi. Lekin tashrifim bayramimiz arafasiga to‘g‘ri kelganida ham ramziy ma'no bor. O‘zim kelolmagan bo‘lsam-da, oldingizda yuzim yorug‘, yil boshidan ijtimoiy masalalar uchun 100 mlrd so‘m ajratildi.
Mana hokim [Qobil Tursunov] aytsin, 100 mlrd so‘m ajratdim va eng muhim masalalarni hal qilishga sarflashni tayinladim. Bu safar yana ajrataman – Navoiydagi har bir muammoni muhokama qilamiz. Xudo xohlasa, shunday qilamizki, Navoiyda kam ta'minlangan odam bo‘lmaydi.
Mana shu stansiyalarni nima uchun ishga tushiryapmiz – xalqimiz farovonligi uchun. Men albatta, birinchi navbatda, o‘z xalqim manfaatini o‘ylashim kerak. Lekin niyatim shuki, bunday yutuqlar nafaqat bizda bo‘lsin, qo‘shnilarimizda ham bo‘lsin. Ularning ham, tinchligini, baxtini bersin”, deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
14:11 / 11.11.2024
Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
12:39 / 01.11.2024