Jahon | 22:48 / 28.08.2021
16048
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibi bir hafta ichida e'lon qilinadi

Qayd etilishicha, “Tolibon” harakati asosiy vazirlik va idoralar rahbarligiga nomzodlarni aniqlab bo‘lgan.

Foto: Reuters

Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibi bir hafta ichida e'lon qilinadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, “Tolibon” harakati asosiy vazirlik va idoralar rahbarligiga nomzodlarni aniqlab bo‘lgan. Harakat vakilining aytishicha, hukumat tarkibidan ayollar ham o‘rin olish-olmasligi masalasini rahbariyat hal qiladi.

Avvalroq toliblar Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishidan iborat kengash tuzishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilingandi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumat tarkibiga sobiq prezident Hamid Karzay va milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulla Abdullani kiritishni talab qilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid