Kobulda yana portlash ro‘y berdi, raketa AQSh harbiylari tomonidan uchirilgan
Afg‘oniston poytaxtida kuchli portlash yuz berdi. Bunga raketa zarbasi sabab bo‘ldi.
29 avgust kuni kunduzi Kobul aeroporti joylashgan tumanda kuchli portlash ro‘y berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda portlash oqibatlari aks etgan videoyozuvlar tarqaldi: uylar ustida quyuq tutun ko‘tarilganini ko‘rish mumkin. Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili BBC News uchun bergan intervyusida aeroport hududida portlash ro‘y berganini tasdiqlagan.
RIA Novosti manbasi portlash raketa zarbasi oqibatida ro‘y berganini ma'lum qilgan. BBC News suhbatdoshi raketa turar joylari hududida portlash ro‘y bergan. Raketa bir uyga jiddiy shikast yetkazgan va ikki avtomobilni yo‘q qilgan. Afghanistan times ma'lumotiga ko‘ra, portlash oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, shundan 4 nafari bolalar.
Pentagon amerikalik harbiylar Kobulda raketa zarbasi yo‘llaganini tasdiqladi. Dron tomonidan uchirilgan raketa «IShID Xuroson» guruhi a'zosi bo‘lgan xudkush o‘tirgan avtomobilni nishonga olgan.
AQSh tomoni ma'lumotiga ko‘ra, bu terrorchi Kobul aeroporti tomon ketayotgan bo‘lgan, u bu yerda navbatdagi teraktni amalga oshirmoqchi bo‘lgan.
«Bizning ishonchimiz komilki, raketa nishonga olingan mo‘ljalga borib tegdi», degan AQSh Qurolli kuchlari vakili Amerikaning CBS telekanaliga bergan intervyusida.
«Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lmagan. Takroriy portlashlar shuni ko‘rsatmoqdaki, avtomobilda yetarlicha ko‘p miqdorda portlovchi moddalar bo‘lgan», deya qo‘shimcha qilgan u.
«Tolibon» vakili ham AP uchun bergan intervyusida AQSh tomoni xudkush terrorchining avtomobiliga zarba berganini tasdiqlagan.
- 26 avgust kuni Kobul aeroporti yaqinida bir nechta portlashlar sodir etildi. Hujum oqibatida 200ga yaqin odam, jumladan 13 amerikalik harbiy halok bo‘ldi. Shuningdek, 1,3 mingga yaqin odam jarohatlandi.
Mavzuga oid
23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
17:04 / 22.10.2024
Qo‘shrabotda ikki qavatli uy portladi. Bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘lgan
12:00 / 12.10.2024
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
18:11 / 07.10.2024