Jamiyat | 12:44 / 29.08.2021
7610
2 daqiqa o‘qiladi

Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Farg‘onada 600 nafar bolaning xatna to‘yini o‘tkazdi

Foto: Maktabgacha ta'lim boshqarmasi

Farg‘ona viloyati hokimligi hamda Farg‘ona viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi tashabbusi bilan Mustaqilligimizning qutlug‘ 30 yillik to‘yiga munosib tuhfa sifatida an'anaga aylanib kelayotgan viloyatdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan ehtiyojmand oilalarning farzandlariga xatna to‘ylari o‘tkazib berildi.

Bu yilda ham viloyatdagi barcha shahar va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda maktabgacha ta'lim bo‘limlari  Mustaqilligimizning 30 yilligiga har bir tuman va shaharlar 30 nafardan jami 600 ga yaqin  bolajonlarga sunnat to‘ylari o‘tkazib berilmoqda.

To‘y bolalarga Maktabgacha ta'lim boshqarmasi hamda tuman va shahar hokimlari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Ushbu xayrli ishlardan bolajon ayniqsa ularning ota-onalari hamda yaqin qarindoshlari behad xursand bo‘ldilar.

Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida o‘tkazilgan xatna to‘ylari murg‘ak qalb egalariga haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi.

Maktabgacha ta'lim boshqarmasi 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid