Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Katanets mashg‘ulotni boshladi. Yulduzlar Toshkentga kelmoqda
O‘zbekiston milliy jamoasi yangi murabbiy Srechko Katanets boshchiligida ilk yig‘inni boshladi. Bosh jamoa 5 sentyabr kuni Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. «Oq bo‘rilar»ning Stokholmda o‘tajak o‘yinidan avval Kanatets uchun Toshkentda yig‘in tashkil etib berildi.
Legionerlar ham asta-sekin Toshkentga kelishmoqda. Jaloliddin Masharipov, Otabek Shukurov, Doston Tursunov, Igor Sergeyev kabi legionerlar yig‘inga kirishib ketishdi. Eldor Shomurodov bugun «Roma» safida maydonga tushgach, Toshkentga qarab yo‘lga chiqadi va Shvetsiyaga qarshi o‘yinga tayyorlanishni boshlaydi.
Tribuna.uz muxbirlari mashg‘ulotning OAV uchun ochiq qismini suratga olishdi. Ushbu vidoye va fotolavhalarda milliy jamoa mashg‘ulotining haroratini his qilasiz degan umiddamiz.



















Abdulvosid Valixonov va Mahmud Soliyev tayyorladi
Mavzuga oid
11:42 / 21.03.2025
O‘zbekiston Qirg‘izistonni kichik hisobda yengib, mundial sari yana bir qadam tashlagan o‘yindan fotojamlanma
17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi
09:00 / 24.01.2025
«Oq bo‘rilar»da «to‘daboshi» o‘zgardi: Kopa uddalaydimi?
22:19 / 23.01.2025