Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda Rossiya harbiylari ishtirokida taktik mashg‘ulotlar boshlandi
17 avgust kuni Tojikistonda joylashgan Rossiya 201-harbiy bazasining mingga yaqin harbiy xizmatchilari Lyaur va Sambuli poligonlarida bir oylik harbiy mashg‘ulotlar boshlagandi.
Tojikiston tog‘larida boshlangan taktik mashg‘ulotlarda 500 nafarga yaqin rossiyalik harbiylar qatnashmoqda, deb xabar berdi Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, ular motoo‘qchi bo‘linmalar harbiylari hisoblanadi.
17 avgust kuni Tojikistonda joylashgan Rossiya 201-harbiy bazasining mingga yaqin harbiy xizmatchilari jangovar tayyorgarlik ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun Lyaur va Sambuli poligonlarida bir oylik harbiy mashg‘ulotlar boshlagani xabar qilingandi.
Bundan tashqari, Tojikistonda mamlakat ichki ishlar vazirligi va Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi maxsus bo‘linmalari hamkorligidagi antiterror mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mavzuga oid
08:34 / 18.05.2025
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
17:55 / 14.05.2025
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
17:57 / 29.04.2025