O‘zbekiston | 09:00 / 31.08.2021
23649
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda sifatli oynalar qanday ishlab chiqarilishini ko‘rganmisiz?

Shisha mahsulotlari qanday yaratilishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? O‘zbekistonda ham tiniq, har tomonlama sifatli oynalar ishlab chiqarilishini bilasizmi?

Shishalarni ishlab chiqarishdagi asosiy xomashyo – bu kvars qumi bo‘lib, mahsulotning shaffof bo‘lib chiqishi kvarsga katta haroratda termik ishlov berishga bog‘liq. 

Farg‘onada joylashgan yirik Kvars zavodi shisha yetishtirish sohasida nafaqat O‘zbekistonda, balki O‘rta Osiyoda ham yetakchi kompaniyadir. Mazkur kompaniya 1975 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Markaziy Osiyo mintaqasida avtomobilsozlik sanoati uchun oynalar, qurilish oynalari, sayqallangan va chiniqqan shisha buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

O‘zimizning milliy mahsulot: ham arzon, ham sifatli

Avvallari shishasozlikning asosiy xomashyosi bo‘lgan kvars qumlari xorijdan keltirilgan. Biroq Navoiy viloyatida kvars qumi topilgani tufayli mahsulotni endi mahalliy xomashyodan tayyorlash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Zavodda shuningdek, polietilen qop va plyonkalar, o‘rov qog‘ozlari ham ishlab chiqarilmoqda. Oynaga istalgan rangdagi turli tasvir va naqshlar tushirish ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda 4 mm.dan 19 mm.gacha bo‘lgan oynalarni ham topish mumkin.

Avvalgidan-da shaffof oynalar

Avvallari Kvars zavodida qumni tozalaydigan maxsus sex bo‘lmagan, mahsulotlar esa biroz xiraroq bo‘lganligi uchun aholi orasida sifatsiz deb yodda qolgan. Ammo kompaniya bu muammoga chek qo‘ydi. Hozirda qumlar alohida sexda obdan tozalanadi va o‘zining sifati bilan bozordagi raqobatdoshlaridan sira qolishmaydi. Agarda bunga ishonch hosil qilishni istasangiz, Kun.uz tomonidan tayyorlangan maxsus rolikni tomosha qilishni tavsiya etamiz.

Endi O‘zbekistonda ham sifati Rossiya yoki Xitoy oynalaridan qolishmaydigan shisha mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Siz ham bunga baho bering: Kvars mahsulotlari narxi va chidamliligi bo‘yicha ham xaridorlar uchun ajoyib tanlov bo‘lishiga ishonamiz.

Batafsil ma'lumot: clck.ru/X7Gy4

Murojaat uchun telefonlar:

+998904092447 

+998934670776

Veb sayt: kvars.uz

Telegram: t.me/ao_kvars

Reklama huquqi asosida

 

Mavzuga oid