O‘zbekiston | 11:32 / 02.09.2021
22799
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar qatorasiga to‘rtinchi kun kamaydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 736 kishida koronavirus, 266 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami 8 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 1 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 157872 (+736) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 82 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 23 nafari Andijon viloyatida,
  • 13 nafari Buxoro viloyatida,
  • 21 nafari Jizzax viloyatida,
  • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 11 nafari Navoiy viloyatida,
  • 22 nafari Namangan viloyatida,
  • 58 nafari Samarqand viloyatida,
  • 19 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 32 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 72 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 27 nafari Xorazm viloyatida,
  • 108 nafari Toshkent viloyatida,
  • 238 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qatorasiga to‘rtinchi kun koronavirusga chalinish bilan bog‘liq kunlik holatlar soni 800dan past bo‘lmoqda va kunlik holatlar kundan kunga kamaymoqda.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 101 nafar,
  • Buxoro viloyatida 19 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,
  • Navoiy viloyatida 16 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 36 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 62 nafar,
  • Toshkent viloyatida 103 nafar,
  • Toshkent shahrida 142 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 149767 (+494) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 5 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1093 nafarni tashkil qilmoqda.

1 sentabr kuni 266 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 24175 nafarga yetdi. Kecha ularning 258 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 16834 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 177 nafarga yetdi.

Mavzuga oid