Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda firibgarlik qilgan shifokor qo‘lga olindi

Navoiyda fuqaroni tug‘uruqxonaga ishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, undan 7 mln so‘m talab qilgan shifokor ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, shifokor, 1970 yilda tug‘ilgan S.F. bir yil oldin mansabini suiiste'mol qilgani sababli hayfsan intizomiy jazosini olgan hamda shartli ravishda Karmana tumani shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limida navbatchi shifokor lavozimiga tushirilgan.
Ammo bundan tegishli xulosa chiqarmagan shifokor avval o‘zi bilan birga ishlagan hamshira M.T.ni ko‘rib qolib, unga tanishlari orqali yangidan ishga tushgan tug‘uruqxonaga ishga kiritib qo‘yishini, “xizmat haqi” 7 mln so‘m bo‘lishini aytgan. Hozirgi paytda ishsiz bo‘lgan hamshira mazkur pulni berishga rozi bo‘lgan.
Navoiy viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda S.F. 7 mln so‘m pul va M.T.ning shaxsiy hujjatlarini olayotgan paytda ushlangan. Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Navoiyda kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Mavzuga oid

08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

07:40 / 21.05.2025