Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablarda o‘quv yili to‘liq an'anaviy shaklda boshlanadi
Maktablarda yangi o‘quv yili to‘liq an'anaviy shaklda boshlanadi, vaqtincha yopilgan maktablar uchun teledarslar ham yo‘lga qo‘yiladi.
Xalq ta'limi vazirligi 6 sentyabrdan darslar to‘liq an'anaviy tarzda boshlanishini ma'lum qildi.
Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, faqat quyidagi holatlar bolani vaqtincha ta'lim jarayoniga masofadan jalb etilishiga sabab bo‘lishi mumkin:
- o‘zi yoki oila a'zolaridan biri COVID bo‘lib vaqtincha davolanishda bo‘lgan o‘quvchilar uchun;
- o‘quv yili davomida o‘qituvchi yoki o‘quvchilar orasida COVID aniqlanib, vaqtinchalik karantinga olingan sinf yoki maktablar uchun;
- vaqtincha boshqa joyda o‘qishni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan maktablarning o‘quvchilari onlayn ta'lim olishlari mumkin.
Bunday o‘quvchilar uchun parallel ravishda darslar MTRK telekanallari orqali “Onlayn maktab” loyihasi doirasida berib boriladi.
Avvalroq, O‘zbekistonda qizlar maktabda milliy ro‘mol va do‘ppida bo‘lishiga ruxsat berilgandi.
Mavzuga oid
14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?
18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi
15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi
14:01 / 13.02.2025