Fan-texnika | 14:36 / 07.09.2021
33944
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya kompaniyasi “dunyodagi eng xavfsiz Android-smartfon”ni taqdim etdi

NitroPhone 1da Google kompaniyasining avvaldan o‘rnatilgan ilovalari va kompaniya bulutli servislari bilan sinxronlashish xizmati yo‘q – bu esa ehtimoliy kuzatuvni yo‘qqa chiqaradi.

Foto: Nitrokey

Germaniyadagi himoyalangan noutbuk va kompyuterlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Nitrokey kompaniyasi NitroPhone 1 smartfonini taqdim etdi. Kompaniyaning bildirishicha, u «sayyoramizdagi eng xavfsiz Android-qurilma» hisoblanadi.

U Pixel 4a smartfoni negizida ishlab chiqarilgan.

Qurilmaga himoyalangan GrapheneOS operatsion tizimi o‘rnatilgan.

NitroPhone 1da Google kompaniyasining avvaldan o‘rnatilgan ilovalari va kompaniya bulutli servislari bilan sinxronlashish xizmati yo‘q – bu esa ehtimoliy kuzatuvni yo‘qqa chiqaradi. Smartfonga o‘rnatiladigan ilovalar uning egasi harakatlari to‘g‘risida ma'lumot to‘play olmaydi. Ilovalar shuningdek, qurilmaning IMEI, MAC-manzil va boshqa ma'lumotlarini ham aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Smartfon yo‘qolib qolgan taqdirda biroz vaqtdan so‘ng avtomatik tarzda bloklanadi.

Nitrophone 1 narxi 630 yevro deb baholanmoqda.

Data Bridge Market Research taxminiga ko‘ra, 2027 yilda himoyalangan smartfonlar bozori hajmi 5,96 mlrd dollarga yetadi.

Mavzuga oid