O‘zbekiston | 13:45 / 08.09.2021
16717
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi - TIV

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilishi yuzasidan bayonot berdi.

«O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat Hukumat tuzilganini olqishlaydi.

Umid qilamizki, mazkur qaror mamlakatda keng ko‘lamli milliy kelishuvga erishilishi hamda mustahkam tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi tomon ilk qadam bo‘lib qoladi.

Afg‘onistonning yangi davlat idoralari bilan konstruktiv muloqot va amaliy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligimizni bildiramiz», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 7 sentabr kuni toliblar Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e'lon qilishdi. Unga ko‘ra, mamlakat bosh vazirligi Muhammad Hasan Oxundga yuklangan, Abdulg‘ani Birodar uning o‘rinbosari bo‘ladi. Hozircha birorta davlat bu hukumatni rasman tan olmagan, «Tolibon» yaqin orada muvaqqat hukumatni rasman tanishtirish marosimini o‘tkazmoqchi, tadbirga Pokiston, Xitoy, Rossiya, Eron, Turkiya va Qatar davlatlari taklif etilgan.

Mavzuga oid